Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi
2025-02-19 10:00:00 / Yangiliklar

O‘quv dasturi nomzodlarning strategik fikrlashi, tadbirkorlik, moliyaviy savodxonlik, tizimli tahlil, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Zaxira – rahbarlik lavozimlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida davlat fuqarolik xizmatchilarini markazlashtirilgan holda saralab olish, tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish tizimi hisoblanadi.
Faoliyatida yuqori natijaga erishib, Zaxiraga olingan nomzodlarning bilim darajasi, psixologik holati va tashkilotchilik qobiliyati rivojlantirilib boriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ushbu Zaxira Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamkorligida shakllantirilmoqda.
