Boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha Jahon banki bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-10-06 10:45:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining birinchi o'rinbosari M.Qurbonov hamda Jahon bankining davlat boshqaruvi masalalari bo‘yicha missiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda muhim hamkorlik masalalari muhokama qilindi:
▫️boshqaruv funksiyalarini markaziy, viloyat va tuman darajalari o‘rtasida taqsimlash, hududlarda kadrlar salohiyatini oshirish hamda boshqaruv ma’lumotlarining sifatini yaxshilash;
▫️davlat organlari faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va ularni budjetni rejalashtirish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish yondashuvlari va mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tajriba;
▫️biznes jarayonlarini tahlil qilish va optimallashtirish, davlat boshqaruvida raqamli yechimlar hamda sun’iy intellektdan foydalanish masalalari;
▫️ davlat xizmatida zamonaviy va samarali boshqaruv muhitini shakllantirish, xodimlar uchun xavfsiz, sog‘lom va hurmatga asoslangan mehnat sharoitlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada Prezidentning 2026-yil 5-sentyabrdagi 345-son qarori bilan belgilangan vazifalar, jumladan, mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash hamda zamonaviy mehnat madaniyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi;
▫️davlat xizmatchilarining salohiyatini rivojlantirish, ularning kasbiy kompetensiyalarini oshirish hamda ushbu yo‘nalishda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma loyihalar doirasida ekspertlar darajasidagi hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.
Davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ishini muvofiqlashtiirsh yo‘nalishiElektron hukumatGender tenglikHududlarda davlat xizmati va boshqaruv samaradorligini oshirishIjtimoiy sohalarda davlat xizmati va boshqaruv samaradorligini rivojlantirishInson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish yo‘nalishiIqlim o‘zgarishlari sharoitida agrar sohada davlat xizmati va boshqaruv samaradorligini rivojlantirishIqtisodiyot hamda infratuzilma sohalarida davlat xizmati va boshqaruv samaradorligini rivojlantirishIstiqbolli kadrlar seleksiyasi yo‘nalishiKorrupsiyaga qarshi kurashMilliy kadrlar zaxirasi bilan ishlash yo‘nalishiRahbar kadrlarni baholashVMQ 212Xalqaro aloqalarni rivojlantirishYosh mutaxassislarga oylik ustamalar to‘lash tartibi



