
Rahbar kadrlarni baholash

Markaz haqida
Markaz Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktyabrdagi “Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi 629-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, unga ko‘ra Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
1) Test tizimi orqali kasbiy va shaxsiy bilimlarini, shuningdek shaxsni miya faoliyatini diagnostikadan o‘tkazish va uning biologik to‘lqinlari orqali undagi nuqsonlarni aniqlash;
2) Muammoli vaziyat (keys)lar, esse, situatsion (vaziyatli) va kompetensiyalar bo‘yicha intervyular, rolli o‘yinlar (simulyatsiya), inboks testlar, treninglar va boshqa metodikalar orqali baholashdan o‘tkazish;
3) Kompetensiyalar va ularning indikatorlarini, baholash metodikalarini, video-audio materiallarni va xodimlarning shaxsiy rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish;
4) Tashkilot faoliyatini tahlil qilish hamda samaradorligini oshirish (org.diagnostika, BPR) bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish va tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek xodimlarni hamda tashkilotdagi ijtimoiy-psixologik muhitni baholash bo‘yicha o‘rganish va tadqiqot o‘tkazish.
Markaz Germaniya (Deutsche Gesellschaft für Personalführung), Buyuk Britaniya (Sivil Servise Assessment Sentres), Singapur (Sivil Servise Sollege), AQSH (Senter for Sreative Leadership) va Rossiya (RANXiGS) kabi rivojlangan ma andazasi va tajribasi asosidan tashkil etilgan.
Faoliyat yo‘nalishlari
Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish;
Davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash;
Kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, o‘zlashtirish va joriy qilish;
Kompetensiyalarni baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish;
Rahbarlik lavozimiga nomzodlarning umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash bo‘yicha test sinovlarini hamda psixologik so‘rovnomalar o‘tkazish;
Rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qo‘yish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni va zamonaviy usullarni keng joriy etish;
Faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.
Meʼyoriy hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” № O‘RQ-788-sonli qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-son Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4472-son qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktyabrdagi “Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi 629-sonli qarori
Xizmatlar turlari
Kompetensiyalar va indikatorlarni ishlab chiqish;
Shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash;
Kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha trening mashg‘ulotini o‘tkazish
Baholash uchun video-audio materiallar tayyorlash, rolli o‘yinlar (simulyatsiya) metodikasini individual tarzda yaratish, tashkil etish va baholash
Ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari:
Menejment
Psixologiya
Sotsiologiya
-
Telefon:
+998 71 203 03 56
+998 71 203 03 57
-
Email: info@argos.uz (Faqat xizmat hujjatlari uchun. Mazkur pochta tizimi orqali javoblar yuborilmaydi. Fuqaro murojaatlari uchun my.argos.uz tizimidan foydalaniladi.)
-
Ish vaqti: Dushanba - Juma 9:00 - 18:00
-
Transport: Xalqlar do‘stligi bekati


