Mehnat munosabatlarida xavfsizlik va hurmatga asoslangan muhit: treningning ikkinchi kuni
2026-10-20 11:55:00 / Yangiliklar

“Davlat mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish” mavzusidagi trening doirasida mashg‘ulotlar davom etmoqda.
Ishtirokchilar uchta o‘quv guruhida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashmoqda:
Huquqiy asoslar: xavfsiz va o‘zaro hurmatga asoslangan mehnat muhitini ta’minlashga oid milliy qonunchilik, PQ–345-son qaror, tegishli nizomlar va xalqaro standartlar.
Tazyiq va zo‘ravonlik: mehnat munosabatlarida tazyiq va zo‘ravonlik tushunchalari, ularning turlari va namoyon bo‘lish shakllari, shuningdek, nizolardan farqli jihatlari.
Psixologik yondashuv: tazyiq va zo‘ravonlikning psixologik mexanizmlari va oqibatlari, yordam so‘rashdagi psixologik to‘siqlar hamda takroriy jabrlanishning oldini olish.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar guruhlarda amaliy topshiriqlarni bajarib, mavzular yuzasidan fikr almashmoqda hamda olingan bilimlarni kasbiy faoliyatda qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.








