Davlat tashkilotlari xodimlari uchun maxsus treninglarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi
2026-10-21 16:00:00 / Yangiliklar

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakili, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining hududiy filiallari rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida hududlarda treninglarni tashkil etish, ishtirokchilar tarkibini shakllantirish, o‘quv dasturlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish hamda tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vazifalar ko‘rib chiqildi.
Rejaga muvofiq, hududlardagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan jami 50 nafar professor-o‘qituvchini tanlab olish, ularni ikki guruhga ajratgan holda to‘rt kunlik maxsus o‘quv dasturi asosida tayyorlash nazarda tutilgan. Har bir guruhda 25 nafardan ishtirokchi qatnashadi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, hududiy tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni ta’minlash hamda treninglarni samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
