Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti: treningning uchinchi kuni
2026-10-21 14:05:00 / Yangiliklar

Toshkent shahrida mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga bag‘ishlangan trening davom etmoqda.
Uchinchi kun doirasida ishtirokchilar holatlarga huquqiy baho berish va javobgarlikni farqlash, murojaat ishtirokchilari bilan xavfsiz muloqot qilish, shuningdek, xarrasmentning oldini olish va xavfsiz mehnat muhitini shakllantirish masalalarini o‘rgandi.
Treningda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i v.b. N.Amaniyazova ishtirok etdi hamda ishtirokchilar bilan "Mehnat munosabatlarida gender tenglik va kamsitilishning oldini olish: Mehnat inspeksiyasi amaliyoti" mavzusi yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish hamda ko‘rib chiqish algoritmiga alohida e’tibor qaratildi.






