“Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” portalini ishga tushirish choralari belgilab olindi
2026-10-22 15:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi PQ–345-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” portalini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “O‘zbektelekom” AK hamda “UZINFOCOM” MCHJ vakillari ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida portalning texnik topshirig‘i, dizayn yechimlari, ichki sahifalari va domen nomi, shuningdek, davlat organlarining mas’ul xodimlari hamda murojaatchilar uchun hrm.gov.uz va my.bsa.uz platformalarida shaxsiy kabinetlar tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, portalni dmi.mehnat.uz axborot tizimi va 112 xizmati bilan integratsiya qilish, idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda tegishli texnik yechimlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida portalni belgilangan vazifalarga muvofiq ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.






