Davlat xizmatchilari uchun Yaponiyada magistraturada ta’lim olish imkoniyati: JDS stipendiya dasturiga qabul boshlandi
2026-10-26 10:20:00 / Yangiliklar

Yaponiyaning JDS (Project for Human Resource Development Scholarship by Japanese Grant Aid) stipendiya dasturi doirasida davlat xizmatchilari uchun 2026-yilgi qabul boshlandi.
Dastur O‘zbekistonning istiqbolli mutaxassislariga Yaponiyaning yetakchi universitetlarida magistratura bosqichida bepul tahsil olish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
(2027-yil 1-aprel holatiga ko‘ra)
Yosh: 25–40 yosh;
Ma’lumoti: bakalavr darajasi;
Ish tajribasi: kamida 2 yil;
Ingliz tili: IELTS 5.0 va undan yuqori.
Arizalar 2026-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.
Onlayn seminarlar jadvali:
3-noyabr — 15:00–16:30;
5-noyabr — 11:00–12:30;
10-noyabr — 15:00–16:30;
12-noyabr — 11:00–12:30;
17-noyabr — 15:00–16:30;
19-noyabr — 11:00–12:30.
Seminarlarda dastur, ishtirok etuvchi universitetlar, ariza topshirish talablari va tanlov jarayoni haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
https://jds-scholarship.org/
JDS loyihasi ofisi (O‘zbekiston)
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107B, Xalqaro biznes markazi, 2-qavat.
Telefon: +998 78 140-15-60 / 61
Elektron pochta: jds.uzbekistan1@jice.org
Ish vaqti: dushanba–juma, 09:00–13:00 va 14:30–17:30.
Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, Boshqaruv samaradorligi agentligiga davlat xizmatchilarining xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro stipendiya dasturlarida milliy hamkor funksiyasini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining JDS loyihasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida loyiha tashkiliy qo‘mitasiga raislik qiluvchi sifatida Boshqaruv samaradorligi agentligi vakili belgilangan.
