edu.bsa.uz — davlat xizmatchilari uchun raqamli ta’lim platformasi umumiy ko‘rsatkichlarda
2026-03-12 09:05:00 / Yangiliklar

Davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy salohiyatini oshirish va uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishda edu.bsa.uz platformasi muhim raqamli ta’lim muhiti sifatida shakllanmoqda.
Platformada davlat xizmatchilari uchun 8 ta yo‘nalishda o‘quv kurslari tashkil etilgan bo‘lib, bilim va ko‘nikmalarni masofadan turib oshirish imkoniyati yaratilgan.
Hozirda edu.bsa.uz platformasi orqali:
156 309 nafar davlat xizmatchisi ro‘yxatdan o‘tgan
285 969 ta sertifikat berilgan
Hududlar kesimida foydalanuvchilar soni bo‘yicha Toshkent shahri (23 150) yetakchi o‘rinda. Shuningdek, Andijon (12 892), Toshkent (12 829) va Samarqand (11 746) viloyatlarida ham platformadan faol foydalanilmoqda.
Ayrim hududlarda o‘rtacha o‘zlashtirish darajasi 87 foizga yaqin, bu esa davlat xizmatchilarining ta’limga bo‘lgan mas’uliyati va qiziqishi yuqori ekanini ko‘rsatadi.
