“Yoshlar kuni” doirasida talabalar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda
2026-03-12 14:25:00 / Yangiliklar

Shu kabi uchrashuvlarning navbatdagisi Namangan davlat texnika universitetida tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Namangan viloyati filiali mas’ul xodimlari talabalar bilan ochiq muloqot qildi.
Muloqot davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini davlat xizmatiga jalb etish, davlat xizmatiga ochiq va shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi, davlat xizmatchilari faoliyatida samaradorlik va natijadorlikni oshirish, inson kapitalini rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalarning taklif va tashabbuslari, ularni qiziqtirayotgan savollar hamda mehnat faoliyatini boshlash jarayonida uchraydigan muammolari tinglanib, ular yuzasidan fikr almashildi va zarur tavsiya hamda tushuntirishlar berildi.




