Hamkorlik boshqaruvida ish faoliyatini boshqarish
2026-03-13 18:20:00 / Xalqaro tadqiqot
Davlat, nodavlat sektor va jamoalar o‘rtasidagi resurs almashish, ma’lumot integratsiyasi, javobgarlik va koordinatsiya jarayonlari yoritilgan.
Turli mamlakatlar misolida ko‘p ishtirokchili boshqaruvda natijalarni baholash murakkablashishi, turli indikatorlar to‘qnashishi, rol noaniqligi va resurs taqsimoti muammolari tahlil qilinadi. Hamkorlikning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun aniq va kelishilgan indikatorlar hamda shaffof fikr-mulohaza tizimi zarurligi ko‘rsatildi.
MUAMMOLAR:
Javobgarlik noaniq
Turli indikator va maqsadlar
Ma’lumot va resurs almashish cheklangan
Koordinatsiya va bo‘linmalar muammosi mavjud
TAKLIFLAR
Baholash mezonlarini hamkorlik asosida ishlab chiqish
Shaffof fikr-mulohaza tizimini yaratish
Ma’lumot almashish va resurs taqsimoti mexanizmlari
Hamkorlik jarayonida trening va metodologiyalar
Raqamli platformalar orqali real vaqt monitoringi
Hamkorlik boshqaruvi uchun integratsiyalashgan ish faoliyati va rollarni aniqlash.
TAHLIL:
Maqolada jamoat boshqaruvida hamkorlikka asoslangan boshqaruv (collaborative governance) sharoitida samaradorlikni baholash va boshqarish tizimlari bo‘yicha mavjud adabiyotlar tizimli tahlil qilinadi.
Tadqiqotning asosiy maqsadi — an’anaviy, markazlashgan samaradorlikni baholash yondashuvlari ko‘p tomonli hamkorlik muhitida yetarli samar bermasligini ilmiy asoslash va ushbu sohadagi institutsional hamda metodologik muammolarni ochib berishdan iborat.
Tahlil natijalariga ko‘ra, jamoat sektorida hamkorlikda boshqaruvni baholashda qo‘llanilayotgan standart samaradorlik ko‘rsatkichlari ishtirokchi tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ma’lumot almashinuvі va ijtimoiy ta’sirni to‘liq aks ettirmaydi. Samaradorlik ko‘p hollarda tashqi nazorat va formal hisobotlar bilan cheklanib, hamkorlik jarayonlarining dinamikasi va ko‘p subyektli xususiyati inobatga olinmaydi.
Mualliflar ushbu muammolarni bartaraf etish uchun samaradorlikni baholash tizimlarini hamkorlikda boshqaruv kontekstiga moslashtirishni taklif qiladilar. Xususan, kompleks va ko‘p o‘lchamli indikatorlar tizimini joriy etish, ijtimoiy qiymat va jamoatchilik manfaatlarini baholashga qaratilgan ko‘rsatkichlarni kiritish, hamda nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtiruvchi dinamik baholash modellari ishlab chiqish zarur deb hisoblanadi. Shuningdek, ma’lumot almashinuvі, muloqot va boshqaruv mexanizmlarini integratsiya qilgan hamkorlik modellari rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
TAYLOR & FRANCIS ONLINE
Maqola muallifi: M. WAARDENBURG (2025)
