Boshqaruvda natijadorlik va mas’uliyat: Sohibqiron saboqlari
2026-04-09 09:00:00 / Yangiliklar

Bugun nafaqat tariximizning, balki jahon davlatchilik madaniyatining eng yorqin siymolaridan biri — Amir Temur tavallud topgan kun.
Sohibqiron nafaqat zafarlar quchgan, balki eng murakkab sharoitlarda ham samarali boshqaruv tizimini yarata olgan islohotchidir. Uning davlat boshqaruvidagi yondashuvlari bugungi zamonaviy davlat xizmati uchun ham o‘ta dolzarb:
- Natijaga yo‘naltirilganlik: "Bir ishni qilishga qaror qildingmi, uni oxiriga yetkazmay qo‘yma". Bugungi davlat xizmatchisi uchun har bir topshiriq jarayon emas, balki aniq natija va xalq manfaati bilan o‘lchanishi shart.
- To‘g‘ri kadrlar tanlovi: Amir Temur davlat ishlarini "tadbirkor, ishbilarmon, shijoatli va azmi qat’iy" kishilarga topshirgan. Bu — bugungi kundagi meritokratiya va professionalizm tamoyillarining tarixiy ildizidir.
- Tartib va intizom: "Kengash va mashvarat bilan qilinmagan har qanday ishning oqibati pushaymonlikdir". Davlat xizmatida har bir daqiqa va har bir qaror mas’uliyati yuqori.
Elektron hukumatIqlim o‘zgarishlari sharoitida agrar sohada davlat xizmati va boshqaruv samaradorligini rivojlantirishDavlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ishini muvofiqlashtiirsh yo‘nalishiMilliy kadrlar zaxirasi bilan ishlash yo‘nalishiXalqaro aloqalarni rivojlantirishIqtisodiyot hamda infratuzilma sohalarida davlat xizmati va boshqaruv samaradorligini rivojlantirishIstiqbolli kadrlar seleksiyasi yo‘nalishiHududlarda davlat xizmati va boshqaruv samaradorligini oshirishRahbar kadrlarni baholashInson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish yo‘nalishiIjtimoiy sohalarda davlat xizmati va boshqaruv samaradorligini rivojlantirishGender tenglikVMQ 212Korrupsiyaga qarshi kurashYosh mutaxassislarga oylik ustamalar to‘lash tartibi
