O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni
2026-04-15 09:05:00 / Yangiliklar

Qadrli madaniyat va san’at sohasining zahmatkash va fidoyi vakillari!
Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi jamoasi Sizlarni kasb bayramingiz — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan muborakbod etadi.
Ma’naviyatni yuksaltirish, boy madaniy merosimizni asrab-avaylash va uni dunyoga tarannum etish yo‘lidagi ibratli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Xonadoningizni tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka, baxtu saodat aslo tark etmasin.
