Singapurda davlat xizmatchilari uchun xalqaro malaka oshirish kursi tashkil etildi
2026-04-16 12:20:00 / Yangiliklar

Mazkur dastur Singapurning “tajriba orqali o‘rganish” modeliga asoslangan bo‘lib, amaliy keyslar va davlat instituti tajribasini bevosita o‘rganish imkonini berdi. Unda O‘zbekiston, Malayziya, Indoneziya, Ozarbayjon kabi davlatlardan 25 nafar davlat xizmatchilari ishtirok etdi.
Dasturdan quyidagi muhim mavzularga oid ma’ruzalar, muhokamalar va amaliy mashg‘ulotlar o'rin oldi:
▫️davlat xizmati transformatsiyasi,
▫️davlat boshqaruvi samaradorligi,
▫️natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv,
▫️aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish,
▫️raqamli transformatsiya, davlat boshqaruvida innovatsiyalar
▫️korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash.
Amaliy mashg‘ulotlar doirasida davlat xizmati transformatsiyasi natijalari bilan tanishish maqsadida Davlat xizmati markazi, Davlat sudi, Punggol tumanida joylashgan zamonaviy integratsiyalashgan jamoat markaziga tashriflar amalga oshirildi.
O‘quv kursi yakuni bo‘yicha davlat xizmati sohasini takomillashtirishga oid takliflar va loyihalar tayyorlanishi rejalashtirilgan.




