O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi uchun yosh talantlar milliy tanlovi
2026-04-27 15:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekistonda ilk bor — O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi uchun yosh talantlar milliy tanlovi o‘tkazilmoqda
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) hamkorligida tashkil etilmoqda.
Tanlovning 50 nafar eng munosib ishtirokchisi FAO va IFAD tizimida chet elda stajirovka o'taydi.
❗️Ariza topshirish https://my.bsa.uz
Ma'lumot uchun, arizalar joriy yilning 1 may kuniga qadar qabul qilinadi!
▫️Tanlovga oid savollarga @young_talent_bot orqali javob olishingiz mumkin.
