Davlat boshqaruvida sun’iy intellekt: raqamli transformatsiyaning yangi bosqichi
2026-04-28 14:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni ijrosi yuzasidan Boshqaruv samaradorligi agentligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida davlat organlarining raqamlashtirishga mas’ul rahbar o‘rinbosarlari, mutaxassislar hamda hududiy hokimliklar vakillari uchun sun’iy intellekt yo‘nalishida qisqa muddatli o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

O‘quv dasturining asosiy maqsadi —boshqaruvda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Seminarning asosiy yo‘nalishlari:
Innovatsion boshqaruv — davlat xizmatida zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish;
Amaliy tajriba — nazariy bilimlarni real loyihalar va keyslar asosida amaliy mashg'ulotlarda mustahkamlash;
Samaradorlik — tezkor qaror qabul qilish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar.
Mazkur tashabbus davlat boshqaruvi tizimini yangi sifat bosqichiga olib chiqish va raqamli iqtisodiyot talablariga mos kadrlar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.





