Namangan tajribasi: Qirgʻiziston delegatsiyasi boshqaruvdagi innovatsiyalar bilan tanishmoqda
2026-04-29 15:10:00 / Yangiliklar

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish, boshqaruv samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda davlat xizmatini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va inson omilini qisqartirish orqali tizim samaradorligini oshirishga, natijadorlikni ta'minlashga qaratilgan qator yangi mexanizmlar joriy etilib, elektron platformalar asosida ishlar tashkil qilinmoqda.
Ma'lumot uchun, Qirgʻiz Respublikasi Jalol-Obod viloyati hokimligi apparati xodimlari hamda shahar meriyalari vakillaridan iborat delegatsiya Namangan viloyatining boshqaruv tizimidagi ilg‘or o‘zgarishlarni bevosita o‘rganmoqda.



