Toshkent viloyatida matbuot anjumani: Sarhisob va rejalar
2026-04-30 12:05:00 / Yangiliklar

Maqsad — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mohiyati, unda belgilangan vazifalar ijrosi hamda Agentlikning Toshkent viloyati filiali tomonidan 2026-yil I choragida amalga oshirilgan ishlar haqida jamoatchilikni xabardor qilish.
Matbuot anjumanida:
🔘filialning 2026-yil I choragidagi faoliyati sarhisob qilinib, davlat idoralarida boshqaruv sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.
🔘viloyatdagi "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)" maqomidagi tumanlarda tajriba-sinov tariqasida joriy etilayotgan zamonaviy boshqaruv modeli haqida axborot berildi.
🔘ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan sohaga oid savollar berildi, fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.
Muloqot yakunida davlat organlarida natijaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etish, hududlarda yangi imkoniyatlarni aniqlash va boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishning samarali shakllarini qo'llash bo‘yicha hamkorlik yo'nalishlari belgilab olindi.








