Davlat xizmatchisi korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi shart
2026-05-05 17:10:00 / Yangiliklar
"Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, davlat xizmatchisi korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishi va korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarning (harakatsizlikning) oldini olishi shart.

Agar davlat fuqarolik xizmatchisi korrupsiya faktlari toʻgʻrisidagi axborotga ega boʻlsa, u korrupsiyaning oldini olish uchun zarur choralar koʻrishi, shu jumladan yuqori turuvchi davlat organini yoki korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organini darhol xabar qilishi yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat etishi kerak.
Korrupsiya faktlari toʻgʻrisida xabar bergan davlat fuqarolik xizmatchisiga qonunchilikda belgilangan tartibda davlat himoyasi taʼminlanadi.
