Qurilishda byurokratiyani qisqartirish va nazorat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
2026-05-06 17:35:00 / Yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida byurokratiyani qisqartirish va nazorat ishlari natijadorligini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda sohada davlat xizmatlarini soddalashtirish, ruxsat berish jarayonlarida byurokratiyani kamaytirish, qurilish obyektlari ustidan nazoratni raqamlashtirish va inson omilini qisqartirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Taqdimotda qurilish obyektlarini onlayn nazorat qilish, ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarishda nazoratni kuchaytirish, kadrlar salohiyatini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.



