Innovatsiya va boshqaruv uyg‘unligi
2026-05-07 09:10:00 / Yangiliklar

O‘quv dasturida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan davlat boshqaruvini raqamlashtirish, samaradorlikni oshirish hamda natijadorlikka asoslangan boshqaruv tizimini joriy etishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Bunda auditoriyadagi darslar bilan bir qatorda tinglovchilar Ma’mun universitetining Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion rivojlanish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur markaz bugungi kunning ilg‘or texnologik yutuqlarini o‘zida mujassam etgan:
➡️Data Analytics va Sun’iy intellekt: Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va qaror qabul qilishda IT-yechimlar;
➡️Moliyaviy laboratoriyalar: Birja simulyatsiyasi, Soliq va buxgalteriya hamda "Ma’mun Bank" markazlarida real iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish;
➡️Kommunikatsiya va til: Sinxron tarjima va xalqaro muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish maydonlari.
Ushbu mashg'ulot nomzodlarining nafaqat nazariy bilimlarini, balki strategik fikrlash, innovatsion menejment va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishidagi ko‘nikmalarini ham yuksaltirishga xizmat qiladi.


