Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish mexanizmlari yanada takomillashtiriladi
2026-05-11 12:05:00 / Yangiliklar

Qonun (O‘RQ–1144-son, 07.05.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, kompleks ekspertizadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan davlat xaridlarini amalga oshirish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarning kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlamaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga ishonch telefoni tushunchasi kiritildi.
Unga ko‘ra, ishonch telefoni – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish uchun mo‘ljallangan maxsus telefon aloqa tizimi hisoblanadi.
Bunda ishonch telefoni orqali kelib tushadigan murojaatlarni markazlashtirilgan holda qabul qilish hamda ularni ishlovdan o‘tkazish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarida kerakli texnik resurslarga ega bo‘lgan bo‘linmalar (call-markazlar) faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mumkinligi belgilandi.
