Qurilish sohasida raqamlashtirish va samaradorlik: Yangi farmon ijrosi amalda
2026-06-08 17:55:00 / Yangiliklar

Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mas'ullari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-iyundagi PF–104-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, sohada natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimini joriy etish hamda davlat xizmatlarini aholi va tadbirkorlarga qulay, shaffof va tezkor ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida quyidagi ustuvor vazifalarga alohida e'tibor qaratildi:
Samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI): Qurilish jarayonlarini boshqarishda aniq natijalarga asoslangan samaradorlik ko‘rsatkichlarini joriy etish;
Byurokratiyani qisqartirish: Sohaga oid ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish;
Raqamlashtirish: Davlat xizmatlarini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish orqali shaffoflikni ta'minlash.
Uchrashuv yakunida mas'ullar tomonidan Farmonda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali ijro etish hamda idoralararo hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.



