KIPA bilan hamkorlikda navbatdagi o‘quv seminari boshlandi
2026-06-09 10:40:00 / Yangiliklar

Bugun Koreya Davlat boshqaruvi instituti (KIPA) bilan hamkorlikdagi “O‘zbekistonda inson resurslarini boshqarish dasturini ishlab chiqish va salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida navbatdagi o‘quv seminariga start berildi.
Mazkur tadbir davlat organlarida inson resurslarini boshqarishning zamonaviy yondashuvlarini joriy etish va kadrlar siyosati samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Yongnam universiteti professori Pak Sangchul tomonidan olib borilayotgan seminar-treningda ishtirokchilar bilan Koreya Respublikasining ilg‘or tajribasi asosida quyidagi masalalar nazariy va amaliy jihatdan ko'rib chiqilmoqda:
tashkilotdagi lavozim va kasbiy rollarni to‘g‘ri tushunish;
lavozimlarni tasniflash tizimlari va mezonlari;
ish (lavozim) tahlilining maqsadi, vazifalari va bosqichlari;
zamonaviy lavozim tavsiflarini (Job Description) ishlab chiqish;
tahlil natijalarini HR amaliyotiga muvaffaqiyatli tatbiq etish.
Ushbu o‘quv dasturi davlat tashkilotlarida lavozimga asoslangan boshqaruv tizimini shakllantirish hamda kadrlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.


