Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!
2026-06-26 17:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi jamoasi matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasi fidoyilarini bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etadi.
Bugungi tezkor axborot asrida jurnalistika nafaqat voqea va yangiliklarni yetkazuvchi soha, balki jamiyatda ochiqlik, ishonch va mas’uliyat muhitini shakllantiruvchi muhim kuch sifatida namoyon bo‘lmoqda. Soha xodimlarining xolis so‘zi, tahliliy yondashuvi va mas’uliyatli munosabati jamoatchilik fikrini shakllantirishda, islohotlar mohiyatini keng tushuntirishda va taraqqiyot jarayonlarini yoritishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Sizlarning voqelikni xolis yoritish, tezkor va sifatli axborot taqdim etish yo‘lidagi mehnatingiz e’tirofga loyiq. Jurnalistning kasbiy mahorati, yuksak mas’uliyati va jamiyat oldidagi burchi axborot makonining ishonchli va barqaror rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Bugun O‘zbekistonimizda matbuot va axborot sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, raqamli media imkoniyatlarining ortishi hamda zamonaviy kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi sohaning yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolat bermoqda. Bu jarayonda OAV vakillarining mehnati, tashabbusi va ijodiy yondashuvi muhimdir.
Fursatdan foydalanib, soha fidoyilariga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, jamoatchilik bilan samarali muloqot o‘rnatish, ezgu maqsadlarga xizmat qilish yo‘lidagi mas'uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
