Davlat fuqarolik xizmatchilari qaysi hollarda malaka oshirish kurslariga oʻqishga yuboriladi?
2026-07-07 14:40:00 / Yangiliklar
Davlat fuqarolik xizmatchilari:
➡️birinchi marta davlat fuqarolik xizmatiga kirganda;
➡️navbatdagi malaka oshirish muddati kelganda;
➡️Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilganda;
kasbiy kompetensiyalarini baholash natijalariga koʻra;
➡️rotatsiya qilinganda va davlat organining ehtiyojlaridan kelib chiqib boshqa hollarda malaka oshirish kurslariga oʻqishga yuborilishi belgilangan.
Davlat fuqarolik xizmatchilari har uch yilda kamida 72 soat malaka oshirish kurslarida oʻtishga majbur.
Davlat fuqarolik xizmatchisi malaka oshirish kursida ishtirok etishi va muvaffaqiyatli yakunlashini taʼminlash boʻyicha masʼuliyat davlat organining rahbari zimmasiga yuklanadi.
