Vakant lavozim uchun e’lon qilingan tanlov jarayonlaridan norozi bo‘lgan nomzod qayerga murojaat qilishi mumkin?
2026-07-08 11:10:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmonida belgilangan tartibga ko'ra, davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlariga nomzodlar tanlov jarayonlaridan norozi boʻlgan taqdirda, qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida yuqori turuvchi organga yoki Agentlikka yoxud sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Murojaat uchun — 71-239-34-76
Shuningdek, ochiq tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq savollar yoki takliflar yuzaga kelganda, Agentlikning hududiy filiallariga murojaat qilishingiz mumkin.
Filiallarning joylashuv manzili va aloqa maʼlumotlari yuqoridagi infografikada.
