Portugaliyaning davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiya bo‘yicha ilg‘or tajribasi o‘rganildi
2026-08-05 09:25:00 / Yangiliklar

Xizmat safari davomida delegatsiya a’zolari Portugaliyaning Texnologik islohotlar agentligi, Gimaraynsh shahri munitsipaliteti, Raqamlashtirish bo‘yicha davlat kotibi hamda Loja do Cidadao yagona davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, delegatsiya BMT Universitetining Elektron boshqaruv instituti (UNU-EGOV)da tashkil etilgan o‘quv dasturi va treninglarda ishtirok etib, raqamli boshqaruv, sun’iy intellekt, ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish, davlat sektorida innovatsiyalarni joriy etish hamda zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ekspertlar tajribasini o‘rgandi.
Uchrashuv va treninglar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🫥davlat boshqaruvida raqamli transformatsiyani jadallashtirish;
davlat xizmatlarini aholiga qulay va samarali tashkil etish;
🫥sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni davlat boshqaruviga tatbiq etish;
🫥davlat xizmatchilarining zamonaviy kompetensiyalarini rivojlantirish;
🫥xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvini kengaytirish.
Mazkur xizmat safari Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida, BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.
Xizmat safari davomida olingan bilim va ilg‘or tajribalar mamlakatimizda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.



