Mehnat munosabatlariga oid amaliy masalalar ko‘rib chiqilmoqda
2026-08-07 11:10:00 / Yangiliklar
Seminarning navbatdagi sessiyasi davlat fuqarolik xizmatida mehnat munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish masalalariga bag‘ishlandi.

Unda "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonunning amaliy qo‘llanilishi, davlat xizmatiga qabul qilish, xizmat va mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish, mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etilmoqda.
Shuningdek, mehnat nizolari bo‘yicha uchrayotgan eng dolzarb holatlar misolida amaliy keyslar tahlil qilinib, ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilmoqda.






