Seminarda davlat fuqarolik xizmatiga oid mehnat munosabatlari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi
2026-08-07 14:25:00 / Yangiliklar

Unda davlat organlari faoliyatida uchrayotgan mehnat nizolari, davlat fuqarolik xizmati bilan bog‘liq sud amaliyoti, mazkur yo‘nalishda shakllangan huquqiy yondashuvlar hamda amaliyotda uchrayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, mehnat qonunchiligini bir xilda qo‘llash, xizmat munosabatlarini qonunchilik talablari asosida rasmiylashtirish va nizolarning oldini olishga qaratilgan mexanizmlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Ochiq muloqot davomida Oliy sud mutaxassislari tomonidan davlat fuqarolik xizmatiga oid sud amaliyotida ko‘rib chiqilgan ayrim ishlar misolida huquqni qo‘llash amaliyoti tahlil qilinib, eng ko‘p uchraydigan xatolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, mehnat qonunchiligini qo‘llash, xizmat munosabatlarini rasmiylashtirish hamda mehnat nizolarining oldini olish bo‘yicha batafsil javob va tavsiyalar olmoqdalar.
Ochiq muloqot o‘zaro fikr almashish, amaliy tajriba bilan o‘rtoqlashish hamda sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan yagona yondashuvlarni shakllantirish uchun samarali maydon bo‘lmoqda.







