Мilliy taraqqiyot, bunyodkorlik va yangi marralar yo‘li
2026-08-27 15:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
"Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" ezgu g‘oyasi ostida tashkil etilgan tadbirda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hamda mamlakatimizning yangi taraqqiyot bosqichidagi ulkan maqsadlar haqida so‘z yuritildi.
Bayram tadbirida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari, tashakkurnoma va faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi.
35 yillik shonli taraqqiyot yo‘li — yagona Vatan, yagona xalq va umumiy ezgu maqsadlar sari yangi marralarning mustahkam poydevoridir.
Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!






