Samarali davlat boshqaruvi uchun zamonaviy kompetensiyalar
2026-09-09 12:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Britaniya menejment universiteti (BMU) hamkorligida vazirlik va idoralarning davlat xizmatchilari uchun "Samarali davlat boshqaruvi uchun kompetensiyalar" mavzusida qo‘shma tadbir tashkil etildi.
Maqsad — davlat xizmatchilarini zamonaviy davlat boshqaruvida talab etiladigan boshqaruv kompetensiyalari va ilg‘or xalqaro yondashuvlar bilan tanishtirish.
Tadbir doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar taqdim etiladi:
▫️ loyihalarni boshqarish va natijaga asoslangan boshqaruv;
▫️boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ma’lumotlar tahlilidan foydalanish;
▫️strategik menejment va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish;
▫️ davlat moliyasini boshqarish, zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or tajribalar;
▫️davlat organlarida samarali kommunikatsiya va jamoatchilik bilan aloqalar.
Shuningdek, ishtirokchilarga BMUning bakalavriat va magistratura dasturlari, ikkinchi oliy ma’lumot olish hamda malaka oshirish imkoniyatlari hamda Queen Margaret University, Project Management Institute (PMI) va Microsoft bilan xalqaro hamkorlik doirasidagi ta’lim va professional rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
📌 Zamonaviy davlat boshqaruvi — zamonaviy bilim, kompetensiya va liderlik salohiyatiga ega davlat xizmatchilarini talab etadi. Mazkur hamkorlik davlat xizmatida yangi boshqaruv yondashuvlarini shakllantirish, ilg‘or xalqaro tajribani amaliyotga joriy etish va natijaga yo‘naltirilgan professional kadrlar salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.







