Namanganda istiqbolli kadrlar saralanmoqda
2026-09-10 09:05:00 / Yangiliklar

Namangan viloyatida “Yangi O‘zbekistonning istiqbolli kadrlari” TOP-100 tanlovining test bosqichi o‘tkazilmoqda.
Tanlovda viloyatdagi hokimliklar, davlat va nodavlat tashkilotlari, xususiy sektor, ta’lim muassasalari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan 20–40 yoshdagi istiqbolli mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Test bosqichida jami 1 124 nafar nomzod 100 ballik mezon asosida baholanadi.
Bilim sinovlari davomida nomzodlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ma’naviyat va tarix, davlat tili, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy hamda mantiqiy fikrlash yo‘nalishlaridagi bilim va ko‘nikmalari baholanadi.
Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga yo‘l oladi.
Ma'lumot uchun, test sinovlari joriy yilning 9-10-sentyabr kunlari ham o'tkaziladi.





