Matbuot anjumani
2026-09-11 10:45:00 / E’lonlar

Joriy yilning 15-sentyabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi mas’ullari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mohiyati, unda belgilangan vazifalar ijrosi hamda Agentlikning Farg'ona viloyati filiali tomonidan 2026-yil o'tgan davrida amalga oshirilgan ishlar haqida jamoatchilikni xabardor qilinadi.
Manzil: Axmad Farg‘oniy nomidagi viloyat kutubxonasi binosi
