Sukmyon universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va yangi loyihalar muhokama qilindi
2026-10-10 17:40:00 / Yangiliklar

Ishchi guruhning Sukmyon ayollar universiteti rektori Mun Si Yon bilan uchrashuvida O‘zbekistonlik yoshlar va xotin-qizlar uchun qo‘shma ta’lim dasturlari, stipendiyalar va stajirovkalarni tashkil etish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma magistratura va ikki diplomli dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Toshkent shahrida Sukmyon universitetining ta’lim markazini tashkil etish, istiqbolda esa uning kampusi va filialini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish maqsadida qo‘shma Ishchi guruhi tuzilib, hamkorlik memorandumi loyihasi ishlab chiqildi. Kelishuvlarga muvofiq, universitet rektori joriy yilning dekabr oyida Toshkent shahriga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Sukmyon ayollar universiteti 2026-yilgi “AD Scientific Index” tadqiqotida dunyoning yetakchi ayollar universitetlari qatorida qayd etilgan.
