Rahbar ayollar salohiyati: baholashdan individual rivojlanish sari
2026-11-23 09:15:00 / Yangiliklar

Rahbar kadrlarni baholash markazida "Rahbar ayollar" qayta tayyorlash ta’lim dasturining 46 nafar tinglovchisi ishtirokida kompleks assessment jarayonlari tashkil etilmoqda.
Baholashdan asosiy maqsad — xotin-qizlarning rahbarlik salohiyati, boshqaruv kompetensiyalari va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini aniqlash, shuningdek, ularning individual kasbiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.
Assessment jarayonida quyidagi metodikalardan foydalanilmoqda:
▫️bilim testi — intellektual salohiyat, mantiqiy va tahliliy fikrlashni baholash;
▫️ BMI-diagnostika — tana vazni indeksini aniqlash;
▫️ vaziyatli testlar (SJT) — murakkab xizmat vaziyatlarida maqbul qaror qabul qilish qobiliyatini baholash;
▫️ boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ustuvorliklarni belgilash va resurslarni samarali boshqarish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish.
Assessment yakunlari har bir tinglovchining kuchli jihatlari va rivojlanishga muhtoj kompetensiyalarini aniqlashga xizmat qiladi.
Bunday yondashuv xotin-qizlar orasidan salohiyatli, zamonaviy bilim va boshqaruv ko‘nikmalariga ega istiqbolli rahbar kadrlarni shakllantirish hamda davlat boshqaruvida professional kadrlar zaxirasini kengaytirishda muhim.






