Istanbulda TDT doirasida Inson resurslari bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
2025-02-18 15:20:00 / Yangiliklar

Seminar Turkiya Respublikasi Prezidenti Inson resurslari boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Unda ishtirokchilar inson resurslarini boshqarish va salohiyatini oshirish tashabbuslari bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan almashdilar.
Muhokamalarda asosiy eʼtibor institutsional asoslarni takomillashtirish, TDT mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash va isteʼdodlarni rivojlantirishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston tomoni barcha ishtirokchilarni 2025-yil 23-25-iyun kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning Davlat xizmati forumida ishtirok etishga taklif qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar inson resurslari sohasida hamkorlikni yana-da rivojlantirishga intilishlarini bildirib, istiqboldagi rejalarni muhokama qildilar.
